IIV Akademiyasida “Ichki ishlar organlarining maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish va koʻrib chiqish faoliyatini takomillashtirish” mavzuiga bagʻishlangan konferensiya oʻtkazildi
2024-12-19 07:35:00 / Yangiliklar

Tadbirni akademiya boshligʻi oʻrinbosari R. Nigmatov ochib, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda tashkil qilingan ilmiy-amaliy anjumanning muhim ahamiyatini taʼkidlab oʻtdi.
Anjumanda soha mutaxassislari va olimlarning dolzarb mavzudagi maʼruzalari, maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalari, ayni sohadagi muammolarning ilmiy-amaliy yechimlari borasidagi mulohazalari tinglandi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati