Samarqand viloyati IIB boshligʻi polkovnik Rahmat Mamatov tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli oʻtkazildi
2024-12-19 07:30:00 / Yangiliklar

Ishga joylashish, oilaviy nizoni hal etish, yoʻllarni taʼmirlash, kadastr muammosida amaliy yordam, tergov faoliyatidan norozilik kabi murojaatlar viloyat IIB boshligʻi Rahmat Mamatov ishtirokidagi fuqarolar qabulida atroflicha eshitildi.
Boshqarma boshligʻi muammolar yechimi muddat talab qilishini taʼkidlar ekan, aksariyatiga shu vaqtning oʻzida huquqiy tushuntirishlar berildi.
Asosiy eʼtibor, murojaatlarning joyida hal etilishiga qaratilib, qoʻshimcha oʻrganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun nazoratga olingan murojaatlar yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati