Surxondaryo viloyatida navbatdagi oʻquv-seminar mashgʻuloti tashkil etildi
2024-12-17 11:35:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 14-dekabr kuni IIV huzuridagi Tergov departamenti tomonidan tuzilgan rejaga muvofiq Surxondaryo viloyat Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi tergov boʻlinmalari shaxsiy tarkibi hamda aloqador organlar ishtirokida “Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat boʻlgan jinoyatlarni tergov qilishning oʻziga xos xususiyatlari, isbotlanishi lozim boʻlgan holatlar, amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolar” oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi.
Oʻquv mashgʻuloti davomida ishtirokchilarga mavzu yuzasidan batafsil tushunchalar berilib, ushbu turdagi jinoyat ishlarini tergov qilish davomida yoʻl qoʻyib kelinayotgan xato va kamchiliklar, ularni bartaraf etish yuzasidan amaliy tushunchalar berildi.
Oʻquv mashgʻuloti yakunida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati