Qabullar – xalqning muammolarini hal qilishning eng maqbul yechimi
2024-12-16 23:05:00 / Yangiliklar
Inson manfaatlari oliy qadriyat. Har bir davlat xizmatchisi xalqqa xizmat qilishi kerak degan tamoyil ostida joylarda rahbarlarning fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqotlari tashkil etilmoqda. Buning asnosida yechimi topilmayotgan masalalar ijobiy hal etilib, dillarda umid uchquni porlamoqda.
Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi polkovnik Sanjar Djabarovning viloyat Xalq qabulxonasida navbatdagi fuqarolar qabuli ham turli mazmundagi masalasiga chora istab kelgan odamlar bilan gavjum boʻldi.
Fuqarolarning mavjud masala va muammolariga huquqiy tushuntirishlar berilib, muddat talab qiladigan murojaatlar ijrosi nazoratga olindi.
Xalq bilan muloqot, ularning dardu-tashvishi bilan yashash eng asosiy maqsad boʻlib, uning roʻyobi yurtimiz ravnaqiga, uning yanada gullab-yashnashiga, fuqarolarning tinch, osuda, farovon hayot kechirishlarini taʼminlashga xizmat qilib kelmoqda.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati