Asosiy kontentga o'tish

Andijon viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan ayol xodimalarning ruhiy salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan seminar-trening tashkil etildi

2024-12-15 11:30:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 10-apreldagi 185-sonli buyrugʻi ijrosini taʼminlash maqsadida Andijon viloyati ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan ayol xodimalar ishtirokida joriy yilning 13-dekabr kuni “Ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi oʻrtasida salbiy holatlarni oldini olish, xodimlarning ruhiy salomatligini muhofaza qilish, jamoalardagi maʼnaviy-ruhiy muhit barqarorligini taʼminlash” mavzusida seminar-trening oʻtkazildi.

Seminar-treningda Andijon davlat universiteti Umumiy psixologiya kafedrasi oʻqituvchilari Xijron Moʻminova va Azizaxon Odiljanovalar ishtirok etishib, mavzu yuzasidan xodimalarga atroflicha tushunchalar berishdi.

Shuningdek, xodimalarning psixologik-xususiyatlari tekshiruvdan oʻtkazilib, ularning yetakchilik, boshqaruvchanlik hamda tashkilotchilik qobiliyatlari yuzasidan tavsiyaviy xulosalar taqdim etildi.

Bundan tashqari, seminar ishtirokchilarining bir-biriga ishonchi qay darajada ekanligini aniqlash maqsadida alohida treninglar tashkillashtirilib, ruhiy holatini oʻrganish davomida yakka tartibda suhbatlar oʻtkazildi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

54

Oxirgi yangilanish: 2024-12-15 11:21:30