Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti qabul eʼlon qiladi
2024-12-12 15:30:00 / Yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot institutining ilmiy tarkib, ilmiy yordamchi va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar (ishchi va xizmatchilar) boʻyicha qabul eʼlon qiladi. Nomzod Institutning ilmiy tarkib lavozimlari yuridik, psixologiya, sotsiologiya, pedagogika, texnika, iqtisodiyot, tibbiyot va geografiya sohalari boʻyicha ilmiy darajaga ega boʻlishi lozim.
Fuqarolarni Institutning shahodatlanmagan – xizmatchi ilmiy tarkib lavozimlariga qabul qilish tartibi:
Nomzod shahodatlanmagan – xizmatchi ilmiy tarkib (keyingi oʻrinlarda — xizmatchi) lavozimiga qabul qilinishi uchun Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksida belgilangan umumiy hamda quyidagi maxsus talablarga javob berishi lozim:
a) yuridik, psixologiya, sotsiologiya, pedagogika, texnika, iqtisodiyot, tibbiyot yoki geografiya sohasi boʻyicha ilmiy darajaga ega boʻlishi;
b) ilmiy tarkib lavozimi hisobidan ilmiy xodim-tadqiqotchi yoki stajyor-tadqiqotchi lavozimiga nomzod bakalavr yoki magistr darajasiga ega boʻlishi;
v) Koreya yoki Germaniya kriminologiyasini tadqiq qilish ofisidagi ilmiy tarkib lavozimiga nomzod ushbu bandning “a” va “b” kichik bandlarida belgilangan maxsus talablardan tashqari koreys yoki nemis tilini kamida S1 darajada bilishi boʻyicha milliy yoki xalqaro sertifikatga ega boʻlishi.
Ichki ishlar organlari xodimlarini Institutning shahodatlangan ilmiy tarkib lavozimlariga tayinlash tartibi:
Nomzod shahodatlangan ilmiy tarkib lavozimiga tayinlanishi uchun quyidagi maxsus talablarga javob berishi lozim:
a) yuridik, psixologiya, sotsiologiya, pedagogika, texnika, iqtisodiyot, tibbiyot yoki geografiya sohasi boʻyicha ilmiy darajaga ega boʻlishi;
b) ilmiy tarkib lavozimi hisobidan ilmiy xodim-tadqiqotchi lavozimiga nomzod bakalavr yoki magistr darajasiga ega boʻlishi.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining tegishli buyrugʻiga muvofiq koʻrib chiqiladi.