Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining oʻttiz ikki yilligi bayrami munosabati bilan Qashqadaryo viloyati ichki ishlar organlari xodimlar oʻrtasida “Konstitutsiya bilimdoni” koʻrik-tanlovi boʻlib oʻtdi
2024-12-08 23:55:00 / Yangiliklar
Qashqadaryo viloyati Maʼnaviyat va maʼrifat markazida yosh xodimlarni intellektual salohiyatini oshirish, bilim saviyasini yuksaltirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining oʻttiz ikki yilligi bayrami munosabati bilan ichki ishlar organlari oʻrtasida “Konstitutsiya bilimdoni” koʻrik-tanlovi boʻlib oʻtdi. Unda viloyat ichki ishlar boshqarmasi tarkibiy boʻlimlari va sohaviy xizmatlari hamda Qarshi shahar IIOFMB va shahar-tumanlarida xizmat qilayotgan ishtirok etishdi.
Tadbirda soʻz olganlar yangilangan Bosh qomusimizda mustahkamlangan inson huquq va erkinliklari hamda boshqa kafolatlarni doimo oʻqib-oʻrganishi va yoshlarga oʻrgatish borasida tegishli tavsiyalar berildi.
Bosh qomusimizdagi inson-jamiyat-davlat munosabatlariga oid mustahkamlangan huquqlar va yangi kiritilgan oʻzgarishlarga oid tuzilgan savollarga zukkoligi va bilimdonligi bilan javob bergan Gʻuzor tuman IIB JXX HPB profilaktika inspektori, leytenant Quvonchbek Salimov faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi.
Navbatdagi sovrinli oʻrinlarni Kitob tumani IIB JXX HPB profilaktika inspektori, leytenant Jaloliddin Usmonov va Muborak tuman IIB JXX HPB voyaga yetmaganlar bilan ishlash guruhi katta inspektori, leytenant Dilsoʻz Ochilova band etishdi.
Tanlov gʻoliblari viloyat ichki ishlar boshqarmasining diplom va qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati