Konstitutsiya bayrami arafasida sirdaryolik yoshlarga ID-kartalar tantanali ravishda topshirildi
2024-12-07 11:10:00 / Yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32-yilligi bayrami munosabati bilan Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi xodimlari tomonida viloyatimizdagi ushbu kunda 16 yoshga toʻlgan yoshlarga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsion ID-kartalarini tantanali ravishda topshirish yuzasidan tadbir oʻtkazildi.
Oʻtkazilgan tadbirda viloyat sektor rahbarlari ishtirok etib, tadbir ishtirokchilarini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32-yilligi bayrami bilan tabriklab, birinchi marta 16 yoshga toʻlganligi munosabati bilan fuqarolik pasporti oluvchi yoshlarga ID-kartalarini tantanali ravishda topshirildi.
Bu kabi tadbirlar viloyatimizning barcha shahar-tumanlarida davom ettirilmoqda.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati