“8-dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun” munosabati bilan Andijon viloyati Ichki ishlar organlarining yosh xodimlari oʻrtasida Zakovat intellektual oʻyini oʻtkazildi
2024-12-01 10:25:00 / Yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-oktyabrdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisidagi tegishli farmoyishi hamda Ichki ishlar vazirligining 2024-yil 29-oktyabrdagi nazorat rejasi, shuningdek, viloyat ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan yosh xodimlarning intellektual va professional bilim darajasini, maʼnaviy-axloqiy saviyasini muntazam ravishda oshirib borish hamda sogʻlom turmush-tarzini targʻib qilish maqsadida yosh xodimlar oʻrtasida zakovat intellektual oʻyini oʻtkazildi.
Ushbu oʻtkazilgan intellektual oʻyin natijasiga koʻra Andijon shahri boʻyicha IIO FMB jamoasi 3-oʻrinni, Baliqchi tumani IIB jamoasi 2-oʻrinni hamda Buloqboshi tumani IIB jamoasi esa faxrli 1-oʻrinni egalladi.
Gʻolib va sovrindor boʻlgan jamoalar viloyat ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandilar.
Yosh xodimlarning intellektual va professional bilim darajasi hamda maʼnaviy-axloqiy saviyasini oshirish borasidagi tadbirlar davom ettirilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati