“Xavfsiz hudud-dolzarb 50 kun” profilaktik tadbiri doirasida Qashqadaryo viloyati IIB boshligʻi polkovnik Abduvoxid Ismoilov Kitob tumanida boʻlib, jinoyat va huquqbuzarliklarni olini olish borasidagi ishlar bilan tanishdi
2024-11-29 10:05:00 / Yangiliklar
Tumanning “qizil” toifadagi “Paxtaobod” mahallasida boʻlgan viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi jinoyatchilikni “mahallabay” jilovlash va bu boradagi faoliyatni yanada jadallashtirish, mahalla yettiligi tomonidan joriy yilning oʻtgan davrida jinoyatchilikni oldini olish, sodir etilganlarini fosh etish, jinoyatlarni sabab va oqibatlari, bunga shart-sharoit yaratgan muhitning yuzaga kelish omillari tahlil etdi.
Oʻrganishlar jarayonida profilaktika inspektori mahallada aholi va xonadonlar soni, jinoyatlarni sodir etilishiga sabab boʻlgan omillar va kelgusida ularni oldini olish va qizil toifadan chiqish boʻyicha ishlab chiqilgan reja dastur boʻyicha boshqarma boshligʻi bilan muloqotda boʻldi.
Shundan soʻng Kitob tuman sektorlar rahbarlari, tashkilotlar va mutasaddi idoralar, imom-xatiblar hamda mahalla yettiligi ishtirokida tumanda jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, jinoyatlarni oldini olish va sodir etilganlarini fosh etishning tahliliga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi.
Shuningdek, Kitob tumanida kriminogen vaziyat tahlili, jinoyatchilikni jilovlash, sodir etilganlarini fosh etish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash borasidagi ishlar borasida boʻlim boshligʻining taqdimoti bilan tanishdi.
Taqdimotda shaharda odam gavjum boʻladigan joylar, koʻngilochar maskanlar istirohat bogʻlarida, turizm maskanlarida jamoat tartibini saqlash, qonunbuzarliklarni oldini olishga jalb etilgan kuch va va vositalarning harakati natijasida osoyishtalik barqarorligi taʼminlanayotgani va jinoyatlarni oldini olish, profilaktik tadbirlarni keng jamoatchilik vakillari bilan hamkorlikda olib borilayotgani tadbirlar samaradorligini oshirishda raqamli texnologiyalardan samarali foydalanilayotgani qayd etildi.
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati