Asosiy kontentga o'tish

Namangan viloyati IIB boshligʻi polkovnik Shuxrat Aliyev tomonidan hududlarni oʻrganish davom etmoqda

2024-11-27 10:15:00 / Yangiliklar

Bugun polkovnik Shuxrat Aliyev hududlarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Uychi tumanida boʻlib, “Dehqon” va “Balandariq” mahallalari hamda u yerdagi elektron kuzatuv maskanlarining faoliyatini oʻrgandi.

Oʻrganish davomida mahalla xodimlari tomonidan oʻtgan davr mobaynida aholi muammolarini oʻrganish, ishsiz qatlamning bandligini taʼminlash, mehnat migratsiyasida yurgan fuqarolar va ularning oila aʼzolari ahvolidan xabardor boʻlib, zarur hollarda yordam berish, shuningdek, elektron kuzatuv maskanlarining doimiy faoliyatini yoʻlga qoʻyish yuzasidan masʼul rahbar hamda xodimlarga aniq topshiriqlar berildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

193

Oxirgi yangilanish: 2024-11-27 15:56:56

Namangan viloyati IIB boshligʻi polkovnik Shuxrat Aliyev tomonidan hududlarni oʻrganish davom etmoqda