Namangan viloyati Uychi tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlarining sayyor qabuli tashkil etildi
2024-11-27 06:35:00 / Yangiliklar
Uychi tumanidagi “Dehqon” mahallasida viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlarining aholini yashash hamda turmush sharoitlarini oʻrganish, mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida sayyor qabuli tashkil etildi
Unda Ichki ishlar organlari faoliyati bilan bogʻliq masalalar yuzasidan murojaat qilgan fuqarolar viloyat IIB boshligʻi polkovnik Shuxrat Aliyev tomonidan qabul qilindi.
Qabul davomida fuqarolarning 12 ta turli masalalardagi murojaatlari koʻrib chiqildi va 9 tasi joyida ijobiy hal etilib, muddat talab etganlari esa masʼullarga biriktirildi hamda ijrosi alohida nazoratga olindi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati