Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor Baxodir Yuldashevich Mirzaraximov boshchiligidagi delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasiga tashrif buyurdi
2024-11-26 14:55:00 / Yangiliklar
Joriy yil 20-23-noyabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor Baxodir Yuldashevich Mirzaraximov boshchiligidagi delegatsiyaning Xitoy Xalq Respublikasiga tashrifi amalga oshirildi.
Tashrif dasturiga muvofiq, 20-noyabr kuni delegatsiya bilan Shense provinsiyasi gubernatori oʻrinbosari – XKP qoʻmitasi kotibi – Jamoat xavfsizligi departamenti boshligʻi Day Binbin, 22-noyabr kuni Xaynan provinsiyasi Jamoat xavfsizligi departamenti boshligʻining oʻrinbosari Lyu Xaychji hamda 23-noyabr kuni Xaynan provinsiyasi gubernatori oʻrinbosari – Jamoat xavfsizligi departamenti boshligʻi Say Chjaoxuey boshchiligidagi XXR delegatsiyalari oʻrtasida ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazildi.
Uchrashuvlarda transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash borasida oʻzaro ilgʻor tajribalar, mazkur yoʻnalishlarda erishilayotgan natijalar hamda idoralar oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Doʻstona va konstruktiv ruhda oʻtgan uchrashuvlarda tomonlar idoralar oʻrtasida hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashga tayyor ekanliklarini taʼkidladi.
Shuningdek tashrif davomida delegatsiya imperator Sin Shi Xuandi va Luntun Xatsin saroyi, Dayan politsiya uchastkasi, Datan shahri politsiya mahkamasi, Sanyan shahridagi Baotin Binlang va Nanshan turistik obyektlarida transport va turizm politsiyasining jamoat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha faoliyati hamda bu jarayonda kuch-vositalarni taqsimlash boʻyicha ilgʻor tajribalari oʻrganildi.
IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti Axborot xizmati