Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi podpolkovnik Ikromjon Tursunov huzurida navbatdagi tezkor yigʻilish oʻtkazildi
2024-11-24 09:00:00 / Yangiliklar
Boshqarma boshligʻining oʻrinbosarlari, tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlari hamda hududiy ichki ishlar organlari boshliqlari ishtirokida oʻtkazilgan tanqidiy-tahliliy yigʻilishda quyidagi masalalar:
jinoyat va huquqbuzarlikni oldini olish borasida hududlarda keng koʻlamda oʻtkazilayotgan “Xavfsiz hudud dolzarb 50 kunlik“ profilaktik tadbirlarning dastlabki natijalari hamda joylarda yoʻl qoʻyilayotgan tizimli kamchiliklar;
shu jumladan:
muqaddam sudlangan hamda probatsiya nazoratida turgan shaxslar bilan olib borilayotgan tezkor hamda profilaktik ishlarning ahvoli;
102 maxsus avtomatlashtirilgan tizimi orqali kelib tushayotgan xabarlar bilan ishlash, ayniqsa, oila turmush doirasida sodir etilayotgan huquqbuzarlik hamda jinoyatlarni tezkorlik bilan sektor rahbarlari va boshqa mutasaddilar hamda faollar ishtirokida joyiga chiqib muhokama qilish tizimining holati;
qidiruvdagi shaxslarni ushlash, bedarak yoʻqolganlarni topish, ochilmagan jinoyatlarni fosh etish, oldi olinishi mumkin boʻlgan jinoyatlarning profilaktikasini jadallashtirish;
viloyat hududida sodir etilayotgan jinoyatlarning “mahallabay“ hamda “sohabay“ muhokamasini tashkil etish;
“E material” elektron tizimiga joylangan materiallar boʻyicha belgilangan muddatlarda qonuniy qarorlar qabul qilinishini hamda javobgarlikning muqarrarligini taʼminlash;
tergov sifatini oshirish, surishtiruv, tergovga qadar tekshiruv hamda dastlabki tergov harakatlari davomida qonuniylikni taʼminlash;
maxsus muassasalarda saqlanayotgan shaxslar bilan alohida grafik asosida rahbarlar uchrashib profilaktik suhbatlar oʻtkazgan holda ularning mavjud muammolarini oʻrganish hamda hal etish;
viloyat hududida pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanishini oldini olish maqsadida tezkor hamda profilaktik tadbirlarni oʻtkazish;
“hokim va profilaktika inspektorlari uchrashuvlari“ni tashkil etish;
profilaktika inspektorlarining mahallalarda hisobot uchrashuvlarini tashkil etish;
viloyat 3-sektoriga qarashli Shofirkon, Gʻijduvon, Vobkent tumanlari hamda shahar va tumanlarning 3-sektorlarida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini oshirish borasidagi ishlarni kuchaytirish, bunda har bir belgilab berilgan vazifalarning ijrosini taʼminlash;
oʻtkazilayotgan shaxsiy, sayyor hamda ommaviy qabullarda kelib tushayotgan murojaatlarni oʻz vaqtida, sifatli va toʻlaqonli koʻrib chiqib, hal etish yoki natijasi yuzasidan asoslantirilgan qarorlar qabul qilinishini taʼminlash;
“Energetika xavfsizligi oyligi” doirasida oʻtkazilayotgan tezkor hamda profilaktik tadbirlar surʼatini oshirish;
is gazidan zaharlanish bilan bogʻliq noxush holatlarni oldini olish maqsadida, taalluqli mutasaddi idoralar vakillari, mahalla yettiligi hamda keng jamoatchilik bilan hamkorlikda targʻibot tadbirlarini jadallashtirish;
“Xodimbay“ tizimi asosida xodimlarning mavjud muammolari, oilaviy sharoitlarini oʻrganish;
xizmat intizomi hamda qonuniylikni taʼminlash, korrupsiogen holatlarga yoʻl qoʻymaslik kabi masalalar koʻrib chiqilib, hafta davomida respublikamiz hamda viloyat ichki ishlar organlari xodimlari bilan bogʻliq sodir etilgan salbiy holatlar birma-bir tanqidiy tahliliy muhokama qilindi.
Koʻtarilgan har-bir masala yuzasidan tegishli sohaviy xizmatlar masʼullari, hududiy ichki ishlar organlari rahbarlariga aniq topshiriqlar berilib, yil yakuniga moʻljallangan yoʻl xaritalarining ijrosi alohida nazoratga olindi.
Boshqarma boshligʻi oʻz soʻzida intizom, fidoyilik bilan ish samaradorligiga erishish lozimligini alohida taʼkidladi.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati