Sirdaryo viloyatida “Xavfsiz hudud-dolzarb 50 kun” maxsus profilaktik tadbirlari davom etmoqda
2024-11-22 19:10:00 / Yangiliklar
Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida Sirdaryo viloyati prokurori Savid Imatov hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi polkovnik Sanjar Djabarovlar tomonidan “Dolzarb 50 kunlik” maxsus profilaktik tadbirlari doirasida viloyatda kuz-qish mavsumini betalafot oʻtkazish, yuz berishi mumkin boʻlgan koʻngilsiz holatlarni oldini olish hamda energiya samaradorligi yuzasidan viloyatdagi daxldor boʻlgan barcha idora va tashkilot rahbarlariga yoʻriqnoma berildi.
Kun tartibida viloyat sektor rahbarlari tomonidan barcha masʼullarga viloyat hududida fuqarolarning iz gazidan zaharlanishini oldini olish, havo aralashmasi chaqnashi holatlariga yoʻl qoʻymaslik, ijtimoiy soha obyektlaridagi energiya zaxiralarini toʻliq taʼminlash, buning uchun kuch va vositalarini safarbar qilish hamda aholi orasida targʻibot tadbirlarini muntazam oʻtkazish masalalari yuzasidan topshiriqlar berildi.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati