“Yashil makon” loyihasi doirasida Samarqand viloyati IIB xodimlari tomonidan daraxt koʻchatlari ekildi
2024-11-22 10:30:00 / Yangiliklar
«Yashil makon» umummilliy harakati yurtimizning har qarich yerini yashillikka burkash, toza va musaffo havoni taʼminlashda muhim ahamiyatga ega. Bunday saʼy-harakatlardan koʻzlangan asosiy maqsad, xalqimizga xos ezgu fazilatlarni qadrlash, tabiatga nisbatan oqilona munosabatni shakllantirish, tevarak-atrofni koʻrkam koʻrinishga keltirishdan iborat.
Mamlakatimizda ekologik tizimni barqarorlashtirish, atrof-muhitni muhofaza qilish va koʻkalamzorlashtirish bugunning eng dolzarb masalalaridan biridir.
Barcha joylarda davom etayotgan «Yashil makon» umummilliy loyihasi odamlarni ezgu maqsad sari birlashtiradi. Viloyat IIB xodimlari oʻzlariga tegishli hududda daraxt va butalar ekishmoqda.
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida barpo etilgan “viloyat ichki ishlar bogʻi” eko hududlarni koʻpaytirish kabi xayrli ishlarning amaliy roʻyobidir.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati