Fargʻona viloyati IIB boshligʻi general-mayor Azizbek Ikramov ishtirokida Fargʻona shahrida sayyor qabul oʻtkazildi
2024-11-21 10:00:00 / Yangiliklar
Xalq bilan muloqot tizimini yanada takomillashtirish, aholi uchun dolzarb boʻlgan muammolarni tezkor hal etish maqsadida shahardagi Ishga marhamat Monomarkazida oʻtkazilgan qabullarda 58 nafar fuqarolardan turli masalalarda 61 ta murojaatlar kelib tushdi.
Murojaatlarning 16 tasi ijobiy hal etildi, 11 tasi yuzasidan malakali huquqiy tushuntirishlar berildi, koʻrib chiqish uchun muddat talab etadigan 34 ta masalalar ijrosi nazoratga olindi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati