“Xavfsiz hudud-dolzarb 50 kun” oyligi doirasida Toshkent viloyati boʻylab jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishga qaratilgan keng masshtabdagi kuchaytirilgan nazorat tadbirlari oʻtkazilmoqda
2024-11-15 09:00:00 / Yangiliklar
Nurafshon shahrida boʻlib oʻtgan xizmat oldi yoʻriqnomasida viloyat IIBB boshligʻi, general-mayor Tohir Aripov ishtirok etib, tungi xizmatga kirishgan xodimlarga faoliyatda ahamiyat qaratilishi zarur boʻlgan jihatlar, masʼuliyat va hushyorlik borasida koʻrsatmalar yetkazildi.
Xodimlar saf yurishi bilan joylarga tarqatilib, aholi tinchligini taʼminlash uchun xizmatga kirishdilar. Tungi nazorat tadbirlari davomida fuqarolarimizni xizmatdagi ichki ishlar organi xodimlarining qonuniy talablarini bajarishga chaqiramiz.
Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati