Surxondaryo viloyati sektor rahbarlari «Dolzarb 50 kun» maxsus profilaktik tadbiri davomida amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi
2024-11-15 09:00:00 / Yangiliklar
So‘nggi bir-necha yilda jamiyatimizning barcha sohalari qatori ichki ishlar organlari faoliyati samaradorligini oshirish borasida ham muhim islohotlar amalga oshirib kelinmoqda.
Tizimda amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlar natijasi xalq manfaatlariga xizmat qiladigan, ularning haq-huquqlari yo‘lida dasturulamal amal bo‘la oladigan tuzilmaga aylanmoqda, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Viloyat sektor rahbarlari va masʼullar «Dolzarb 50 kun» maxsus profilaktik tadbiri davomida Termiz shahar hududida mahalla yettiligi, hamkor tashkilotlar tomonidan jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, qizil mahallar va tungi xizmatni tashkil etilganligi o‘rganildi.
Shuningdek, mazkur tadbir doirasida viloyatda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, Termiz shahrini jinoyatdan holi hududga aylantirish, jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, jinoyatlarni erta aniqlab oldini olish, sodir etilganlarini fosh etish, maqsadida tungi xizmatga jalb etilgan xodimlarga eʼtibor qaratish, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash maqsadida kuzatuv kameralari sonini ko‘paytirish, ularni integratsiya qilish masalalari ham muhokama qilinib, ushbu yo‘nalish bo‘yicha masʼul rahbarlarga aniq topshiriqlar berildi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati