Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor Baxodir Mirzaraximov Ohangaron temir yoʻl bekatida xavfsizlikni taʼminlash boʻlinmasi xodimlarining xizmat faoliyati koʻzdan kechirildi
2024-11-14 09:35:00 / Yangiliklar
Vazir oʻrinbosari general mayor Baxodir Yuldashevich Mirzaraximov tomonidan transport obyektlarida baxtsiz hodisalarning barvaqt oldini olish, xususan Toshkent mintaqasi temir yoʻl transportida xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasining Ohangaron temir yoʻl bekatidagi boʻlinmasida xizmat olib borayotgan xodimlarining xizmat faoliyati atroflicha koʻzdan kechirildi.
Xususan Ohangaron temir yoʻl bekati xizmat hududiga qarashli boʻlgan temir yoʻl kesishmalari, patrullik yoʻnalishlari hamda postlari, temir yoʻl korxonalari, shuningdek, temir yoʻl tormoz bashmaklari va ularning saqlanishi atroflicha koʻzdan kechirilib, temir yoʻl harakat xavfsizligini taʼminlash borasida masʼul xodimlarga bir qator koʻrsatmalar berildi.
Shuningdek, temir yoʻl ishchilari va yoʻlovchi fuqarolar hamda xizmat hududlarida huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash hamda xodimlar oʻrtasida ijro intizomi, qonunchilik talablariga qatʼiy rioya qilishlari, xodimlarning xizmat faoliyati ustidan kunlik nazoratni kuchaytirish, korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha koʻrsatmalar berildi.
IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti Axborot guruhi