Andijon viloyati IIBda “Respublikada ichki ishlar xodimlari tomonidan sodir qilingan qonun buzilishi va salbiy holatlar“ mavzusiga bagʻishlangan tanqidiy ruhda yigʻilish boʻlib oʻtdi
2024-11-13 10:35:00 / Yangiliklar
Soʻnggi bir necha yilda jamiyatning barcha sohalari qatori ichki ishlar organlari faoliyati samaradorligini oshirish borasida ham muhim islohotlar amalga oshirib kelinmoqda.
Tizimda amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlar natijasi xalq manfaatlariga xizmat qiladigan, ularning haq-huquqlari yoʻlida dasturulamal amal boʻla oladigan tuzilmaga aylanmoqda, desak mubolagʻa boʻlmaydi. Albatta bu yoʻnalishda Ichki ishlar organlari xodimlarining oʻrni alohida ahamiyat kasb etadi.
Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasida viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi, Ekspert-kriminalistika markazi, Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi va ularning quyi tizimdagi xodimlari oʻrtasida “Respublikada ichki ishlar xodimlari tomonidan sodir etilgan qonun buzilishi va salbiy holatlar” shaxsiy tarkib eʼtiboriga yetkazilib, kelgusida qonuniylikni taʼminlash, ijrochilik va xizmat intizomiga rioya qilishga bagʻishlangan tanqidiy yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda, Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti masʼul xodimi podpolkovnik Gʻolibjon Nabiyev, viloyat IIB boshligʻi oʻrinbosari podpolkovnik Ilhom Fayzullayev, IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Andijon viloyati boʻyicha boshqarmasi masʼul xodimi ishtirok etib yigʻilish qatnashchilariga mavzu doirasida atroflicha maʼlumotlar berib oʻtildi.
Shuningdek, Oʻzbekiston respublikasi IIVning 2024-yil 26-fevraldagi “Ayrim protsessual harakatlar yoki boshqa tadbirlarni ichki ishlar organlarining maʼmuriy binolarida amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi 101-sonli buyrugʻida belgilangan vazifalar yuzasidan tegishli topshiriq hamda koʻrsatmalar berildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati