Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor Baxodir Mirzaraximov Olmaliq shahridagi 7535-sonli harbiy qism 1-batalyon harbiy xizmatchilari bilan uchrashdi
2024-11-12 16:00:00 / Yangiliklar
Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor Baxodir Yuldashevich Mirzaraximov harbiy xizmatchilar bilan uchrashish va ularga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishish maqsadida, IIV Qorovul qoʻshinlariga qarashli Toshkent viloyati, Olmaliq shahrida joylashgan 7535-sonli harbiy qismga tashrif buyurdi.
Tashrif harbiy qism saf maydonida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini ijro etilishi bilan boshlanib, vazir oʻrinbosari harbiy xizmatchilar bilan uchrashish vaqtida dunyoda va qoʻshni davlatlarda yuzaga kelayotgan harbiy siyosiy vaziyatlardan toʻgʻri xulosa chiqargan holda sodir etilishi mumkin boʻlgan har qanday holatlarga ruhan va jismonan tayyor boʻlishlari, vatanparvar, sergak va ogoh boʻlib harbiy xizmatni olib borish zarurligini taʼkidlab oʻtdilar.
Shuningdek, Vazir oʻrinbosari tomonidan harbiy xizmatchilariga jangovar xizmatni Nizom talablari asosida olib borishlari hamda kontrakt boʻyicha va muddatli harbiy xizmatchilarga xizmat qilishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilganligi, yotoqxonalar, oshxonalar va boshqa maishiy xizmat koʻrsatish xonalari mavjudligi, harbiy xizmatchilardan faqatgina jangovar xizmatni vijdonan toʻgʻri tashkil qilishlari, intizombuzarlik holatlariga yoʻl qoʻymasliklari, bir-birlari bilan munosabatda xushmuomala boʻlishlari talab qilinishini alohida yetkazib oʻtdi.
IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti Axborot guruhi