Namangan viloyati IIB boshligʻi polkovnik Shuxrat Aliyev huzurida “Dolzarb 50 kun” maxsus profilaktik tadbiri davomida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar muhokama qilindi
2024-11-12 09:00:00 / Yangiliklar
Namangan viloyati IIB boshligʻi majlislar zalida oʻtkazilgan yigʻilishda boshqarma boshligʻi oʻrinbosarlari, sohaviy xizmat rahbarlari, shahar-tuman IIB rahbariyati ishtirok etib, shahar-tuman IIB boshliqlarining hisobotlari tinglandi va “Dolzarb 50 kun” maxsus profilaktik tadbiri davomida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, murojaatlar yuzasidan belgilangan muddatda qonuniy qaror qabul qilish, tergov sifatini yaxshilash, jinoyatlarni fosh etish va qidiruvdagi shaxslarni aniqlash yuzasidan xodimlar zimmasiga tegishli vazifalar yuklatildi.
Shuningdek, viloyat hududida xavfsizlikni taʼminlash maqsadida kuzatuv kameralari sonini koʻpaytirish va ularni integratsiya qilish masalalari ham muhokama qilinib, ushbu yoʻnalish boʻyicha masʼul rahbarlarga aniq topshiriqlar berildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati