Yoshlar Toshkent viloyati IIBB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasiga tashrif buyurishdi
2024-11-08 16:10:00 / Yangiliklar
Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi yoshlarning huquqiy bilim va koʻnikmalarini oshirish maqsadida navbatdagi uchrashuvni tashkil etdi.
Ushbu tashrif yoshlarning huquq-tartibot tizimi bilan yaqindan tanishishlari uchun ajoyib imkoniyat boʻldi.
Tashrif davomida yoshlarga Toshkent viloyati IIBB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasining faoliyati, jumladan, turizm xavfsizligini taʼminlash yoʻnalishidagi ishlar, asosiy vazifalar va yangi loyihalar haqida maʼlumot berildi.
Tadbirda ishtirokchilarga huquqiy maʼruza va amaliy mashgʻulotlar oʻtkazildi.
Ular huquq-tartibot organlari ishi, jamiyatda tartibni saqlashning ahamiyati va yoshlarning bu jarayondagi oʻrni haqida batafsil maʼlumotga ega boʻldilar.
Yoshlar tashrif davomida oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatiga ega boʻldilar.
Ular xavfsizlik choralari, turizm sohasidagi muammolar va ularni bartaraf etish yoʻllari haqida savollar berishdi. Bunday savol-javoblar yoshlarning huquqiy ongini oshirishga xizmat qilishi bilan birga, ularning kelajakda huquq-tartibot organlariga boʻlgan qiziqishini oshirishda muhim omil boʻldi.
Bu kabi tadbirlar yoshlarda huquqiy madaniyatni shakllantirish, ularning fuqarolik masʼuliyatini oshirish va kelajakda huquq-tartibot sohasida ishlashga qiziqtirish maqsadida tashkil etiladi.
Toshkent viloyati IIBB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi yoshlar uchun bunday uchrashuvlarni davomiy tarzda oʻtkazishni rejalashtirgan, chunki yoshlar — kelajagimiz, va ularning huquqiy bilimlari jamiyat barqarorligi va xavfsizligi uchun asos hisoblanadi.
IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti Axborot guruhi