Endilikda Kriminologiya tadqiqot institutida ham ilmiy daraja beruvchi dissertatsiyalar himoya qilinadi
2024-11-05 10:00:00 / Yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kriminologiya sohasida ilmiy-amaliy tadqiqot ishlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” hamda Vazirlar Mahkamasining “Kriminologik faoliyatni ilmiy taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi qarorlari talablari ijrosini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti huzurida yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi Ilmiy kengash oʻz faoliyatini boshladi.
Endilikda tinglovchilar “Kriminologiya”, “Jinoyat huquqi”, “Jinoyat-ijroiya huquqi” xamda “Huquqbuzarliklar profilaktikasi«, ”Jamoat xavfsizligini taʼminlash» hamda «Probatsiya faoliyati« ixtisosliklari boʻyicha dissertatsiyalar himoyasini oʻtkazishlari mumkin.
Shunga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti yuqorida keltirilgan ixtisosliklar boʻyicha mustaqil izlanuvchilikka qabul boʻlayotganini eʼlon qiladi.
Mustaqil izlanuvchilikka talabgorlar 2024-yilning 10-noyabriga qadar http://phd.mininnovation.uz veb-sayti orqali roʻyxatdan oʻtgach (orqali elektron shakl (pdf format)da), Kriminologiya tadqiqot Institutining Ilmiy kengashi kotibiga 2024-yilning 10-noyabriga qadar barcha zaruriy hujjatlarni oʻrnatilgan tartibda taqdim etishlari talab etiladi.