Jizzax viloyat IIB boshligʻi general-mayor Gʻayrat Qodirov hamda viloyat faxriylar kengashi masʼullari soha faxriylari holidan xabar oldilar
2024-11-05 10:00:00 / Yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-sentyabrdagi 11-noyabr – Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan rejalashtirilgan tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etishga doir farmoyishi ijrosini taʼminlash boʻyicha Jizzax viloyati ichki ishlar organlari tomonidan bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, viloyat IIB boshligʻi, general mayor Gʻayrat Qodirov, IIV kasaba uyushmasi qoʻmitasining bosh mutaxassisi, isteʼfodagi polkovnik Abdugʻofir Sattorov hamda viloyat faxriylar kengashi masʼullari soha faxriylari holidan xabar oldilar.
Jumladan, Jizzax shahrining “Sayiljoy” mahallasida yashovchi, ayni vaqtda viloyat IIB tibbiyot boʻlimi gospitalida davolanayotgan Ilhom Ergashev yoʻqlandi.
Mazkur jarayonda isteʼfodagi podpolkovnikka faxriy yorliq, maishiy texnika hamda oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.
Xuddi shunday sovgʻalarni Jizzax shahrining “Zargarlik” mahallasida istiqomat qiluvchi Alisher Oʻrolov hamda “Zilol” mahallasida yashovchi Sayimnazar Xidirnazarov qabul qilib oldi.
Isteʼfodagi podpolkovniklar bilan kechgan muloqot davomida davlatimiz rahbariyati va IIV tomonidan soha faxriylariga koʻrsatilayotgan eʼtibor va gʻamxoʻrlik tilga olindi.
Faxriylarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan bu kabi tadbirlar hududiy ichki ishlar organlari va sohaviy xizmatlar masʼullari tomonidan ham muntazam tashkil qilinmoqda.
Jizzax viloyati IIB Axborot xizmati