IIV Akademiyasida ichki ishlar organlari xodimlarining jangovar va jismoniy tayyorgarligiga bagʻishlangan ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi
2024-11-05 09:30:00 / Yangiliklar
Tizimdagi taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda tashkil etilgan anjumanda mavzu atroflicha muhokama qilindi.
Ichki ishlar vazirligi vakillari, shuningdek, Malaka oshirish instituti, 1 va 2-sonli akademik litseylar hamda akademiya professor-oʻqituvchilarining maʼruzalari tinglandi.
Ichki ishlar organlari xodimlarining jangovar va jismoniy tayyorgarligini zamon talablari darajasida oshirish, taʼlim muassasalarida ilgʻor yondashuvlarni joriy etish, xorij tajribalari asosida faoliyatni takomillashtirish, tizimdagi muammolarning ilmiy-amaliy yechimlarini tadqiq qilish, soha uchun kadrlar tayyorlashda zamonaviy tendensiyalarni inobatga olish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati