Surxondaryoda oʻtkazilayotgan “Kelajak sari” profilaktik tadbirining navbatdagi bosqichi ishtirokchilarga oʻzgacha zavq bagʻishladi
2024-11-03 09:00:00 / Yangiliklar
Avval xabar qilganimizdek, Surxondaryo viloyati hududida yashovchi 10 nafar 14 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan huquqbuzarlik va jinoyat sodir etishga moyil, tarbiyasi ogʻir, boʻlgan va salbiy xatti-harakatlar sodir etganligi uchun profilaktik hisobga olingan yoshlar (qizlar) oʻrtasida kelgusida oʻtkazilayotgan huquqbuzarliklarni sodir etishlarini yoxud oʻzlari huquqbuzarlik va jinoyat qurboniga aylanishlarini oldini olishga qaratilgan “Kelajak sari” profilaktik tadbiri oʻtkazilib kelinmoqda.
Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasining voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazida saqlanayotgan qizlar oʻrtasida oʻtkazilayotgan “Kelajak sari” profilaktik tadbirining yettinchi kunida tadbir ishtirokchilarini “Vatanparvarlik” tadbirlari doirasida Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati boshqarmasiga qarashli “Qorabayr” maktabiga sayohat tashkil etilib u yerda markaz tarbiyalanuvchilariga chavandozlar tomonidan otda yurish mashqlaridan mahorat darslari oʻtkazildi.
Bundan tashqari viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Kinologiya xizmati faoliyati bilan ham yaqindan tanishildi. Ushbu maskanda voyaga yetmaganlar xizmat itlarini parvarishlash, buyruqni bajartirish jarayonlari, oziq-ovqatlarining meʼyorlari hamda qaysi itlardan xizmat faoliyatida qanday holatlarda foydalanish jarayonlari koʻrsatib oʻtildi.
Shuningdek viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimi leytenant Elnur Abrayev tomonidan markazda mavjud “Yoʻl harakati qoidalari maydonchasi”da yoʻl harakati ishtirokchilarining vazifalari, majburiyatlari, yoʻl belgilariga amal qilish yuzasidan oʻquv-amaliy mashgʻulot oʻtkazildi.
“Kelajak sari” profilaktik tadbiri davom ettirilmoqda.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati