Andijon viloyatining Xoʻjaobod tumanida fuqarolarning sud-huquq masalalariga oid murojaatlari boʻyicha sayyor qabul tashkil etildi
2024-11-03 06:50:00 / Yangiliklar
Huquqni muhofaza qiluvchi organlarining aholining sud-huquq masalalariga oid murojaatlarini hal etishga qaratilgan bu galgi sayyor qabul Xoʻjaobod tumanida boʻlib oʻtdi.
Sayyor qabulda Andijon viloyati IIB rahbariyati ham ishtirok etib, unda koʻplab murojaatlarga ijobiy yechim topildi.
Xususan, tergov-surishtiruv harakatlari, probatsiya hisobidagi shaxslarni jazodan muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilish, Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini tasdiqlovchi ID-kartalar rasmiylashtirish hamda boshqa turli ijtimoiy masalalarda kelib tushgan murojaatlar ham joyida ijobiy hal etildi.
Aholining sud-huquq masalalari boʻyicha muammolarini tinglash va uni hal etishga qaratilgan sayyor qabullar joylarda davom etadi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati