Samarqand viloyati Pastdargʻom tumani IIB binosida “Xavfsiz hudud” monitoring markazi tashkil etildi
2024-11-02 17:10:00 / Yangiliklar
Bunda, tuman markazi zamonaviy video kuzatuv moslamalari bilan jihozlandi va yagona boshqaruv tizimi yoʻlga qoʻyildi.
Uning asosiy vazifasi, jamoat tartibini saqlash, tumanimizda roʻy berishi mumkin boʻlgan noxush holatlarni oldini olish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini taʼminlash hamda bu borada tezkor tartibda ishlashdir.
Viloyat IIB masʼullari sektor rahbarlari, tuman IIB shaxsiy tarkibi va faol nuroniylar ishtirokida ushbu zamonaviy markazning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati