Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi tashabbusi bilan jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Yoshlar oʻrtasida jinoyatchilikka qarshi kurashish” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi
2024-10-30 11:00:00 / Yangiliklar
Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi tashabbusi bilan jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Yoshlar oʻrtasida jinoyatchilikka qarshi kurashish” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Oliy oʻquv yurti pedagogik jamoasi hamda talabalar ishtirokida uyushtirilgan tadbir davomida huquqbuzarlik va jinoyatlarning barvaqt oldini olish, profilaktik tadbirlarni samarali tashkil etish, giyohvandlik hamda kibertahdidlarga qarshi kurashish borasida maʼruzalar oʻqildi.
Shuningdek, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi tashkiliy-strategik boshqaruv yoʻnalishi tinglovchisi, podpolkovnik Akmal Muratov gʻoyaviy xurujlarga qarshi kurash yuzasidan chiqish qildi.
Mazkur jarayonda yoshlarda buzgʻunchi mafkuralarga nisbatan immunitetni kuchaytirish, diniy aqidaparastlik, terrorizm va uning ayanchli oqibatlariga eʼtibor qaratildi.
Yigʻilishda mavzuga oid hujjatli koʻrsatuvlar namoyish qilindi. Yakunda talabalar masʼullardan oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.