Yosh xodimning ota-onasiga Ichki ishlar vazirining minnatdorchilik xati yetkazildi
2024-10-30 10:00:00 / Yangiliklar
25-oktyabr – “Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” bayrami munosabati hamda jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish, uni oldini olish borasidagi oʻz xizmat vazifasiga sidqidildan yondashib, hamkasblariga alohida oʻrnak boʻlib kelayotgan bir guruh yosh xodimlarning ota-onalariga Ichki ishlar vaziri general-leytenant Poʻlat Bobojonovning minnatdorchilik xatlari yuborilgan.
Eʼtiborlisi xuddi shunday minnatdorchilik xatiga Jalaquduq tumani IIB Jamoat xavfsizligi xizmati, Huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmasi profilaktika inspektori leytenant Inomidinov Xojiakbar Izzatillo oʻgʻlining ota-onasi ham munosib deb topilgan.
Ushbu minnatdorchilik xati va esdalik sovgʻasi Andijon viloyati IIB boshligʻining oʻrinbosari podpolkovnik Jonibek Davronov tomonidan xodimning ota-onasiga topshirilib, boshqarma boshligʻining minnatdorchiligi ham yetkazildi.
Albatta bu kabi koʻrsatilayotgan ragʻbatdan kelgusida har qanday xodim ham vijdonan va sadoqat bilan ishlashi shubhasizdir.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati