Surxondaryoda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash maqsadida profilaktik targʻibot va reyd tadbirlari oʻtkazilmoqda
2024-10-30 07:15:00 / Yangiliklar
Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Karantin tadbirlarini taʼminlash guruhi xodimlari tomonidan viloyat Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi masʼul xodimlari bilan hamkorlikda viloyat hududidagi dehqon va oziq-ovqat bozorlari, karantin maskanlarida nazorat profilaktik tadbirlari bilan bir qatorda veterinariya-sanitariya qoidalariga rioya etilishi boʻyicha targʻibot tadbirlari olib borilmoqda.
Oʻtkazilayotgan profilaktik targʻibot va reyd tadbirlari davomida veterinariya-sanitariya qoidalariga rioya qilmagan sotuvchilarga tegishli choralar koʻrilib, ularga profilaktik tushuntirishlar berilib ogohlantirilmoqda.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati