Hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda
2024-10-26 17:00:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 25-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti boshligʻi, yuridik fanlar boʻyicha falsafasi doktori, polkovnik Berdialiyev Baxtiyor Erkinovich Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi tarkibiga kiruvchi Ichki ishlar Vazirlar Kengashi huzuridagi Ilmiy maslahat kengashining navbatdagi yigʻilishida ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida ilmiy-tadqiqot, taʼlim va boshqa sohalarda Ilmiy maslahat kengashining ish rejasini amalga oshirish bilan bogʻliq masalalar muhokama qilindi.
Unga koʻra, Jinoyatchilikni kamaytirish va uning barvaqt oldini olish borasida kriminologik tadqiqotlarni olib borish yuzasidan takliflar ishlab chiqildi. Uchrashuv davomida ishtirokchilar oʻzaro tajriba almashib, oʻz mamlakatlarida jinoyatchilikka qarshi kurashishning dolzarb muammolarini muhokama qildilar.
Tadbirda Ozarbayjon, Tojikiston, Belarus, Qozogʻiston, Rossiya Ichki ishlar vazirliklarining vakillari, MDHga aʼzo davlatlar hududida uyushgan jinoyatchilik va jinoyatning boshqa xavfli turlariga qarshi kurashni muvofiqlashtirish byurosi vakillari ishtirok etdi.
Konstruktiv ruhda oʻtgan tadbir natijalariga koʻra kelgusi yil uchun ish rejasi tasdiqlash boʻyicha muayyan kelishuvlarga erishildi.