Ijtimoiy himoya. Bayramga zoʻr tuhfa
2024-10-26 19:00:00 / Yangiliklar
Mamlakatimizda el-yurt osoyishtaligini taʼminlash yoʻlida samarali xizmat qilib kelayotgan ichki ishlar organlari xodimlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda.
Jumladan, 25-oktyabr — ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan 30 nafar fargʻonalik yurt posboniga ipoteka krediti asosida uy-joy sotib olishi uchun dastlabki badal toʻlovlari ajratildi.
Viloyat IIB Maʼnaviyat va maʼrifat zalida oʻtkazilgan tadbirda boshqarma boshligʻi, general-mayor Azizbek Ikramov xodimlarga maxsus sertifikatlarni tantanali ravishda topshirdi.
Uy-joy sotib olish uchun menga 102 million 500 ming soʻm miqdoridagi dastlabki badal toʻlovi ajratildi, — deydi kapitan Umidjon Teshaboyev.
Bu bayramga zoʻr sovgʻa boʻldi. Albatta, bundan oila aʼzolarim ham behad mamnun.
Endilikda, bu gʻamxoʻrlikka javoban, yanada samarali xizmat qilishga ahd qildim.
©️ “Postda” gazetasi, Abduvosit Sidiqov, Fargʻona viloyati.