Yoshlar orasida huquqbuzarliklarni oldini olish muhim vazifa
2024-10-24 15:00:00 / Yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi boshligʻi polkovnik R.A.Xatamov va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan innovatsiyalar vaziri K.A.Sharipovning qoʻshma reja jadvaliga asosan, joriy yilning 23-oktyabr kuni, Oʻzbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi magistraturasining tinglovchisi podpolkovnik Farrux Xaydarov, Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universitetida, ilmiy dargoh rektorining birinchi oʻrinbosari Jabbor Muxammadiyev bilan birgalikda 150 nafar talabalar ishtirokida, yoshlar oʻrtasida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish boʻyicha davra suhbatini oʻtkazdi.