Vazir oʻrinbosari va faxriylar uchrashuvi
2024-10-23 07:00:00 / Yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari — Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti boshligʻi, general-mayor Davron Nazarmuxamedov Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasida tizim faxriylari bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuvda Vazir oʻrinbosari keksa avlod vakillarini eʼzozlash, ularga gʻamxoʻrlik koʻrsatish, nogiron, boquvchisini yoʻqotgan faxriylarni moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash ichki ishlar vazirligi rahbariyatining doimiy nazoratda ekanligini taʼkidladi. Oʻz navbatida faxriylar yosh xodimlarning ish tajribasini oshirish, kasbiy mahoratini yuksaltirish, bilim va malakalarini amaliyot bilan uygʻunlashtirish, uyushmagan aholi va yoshlarning bandligini taʼminlashda mahalla faollari va ichki ishlar organlari xodimlarining oʻzaro hamkorligini uygʻunlashtirishda faol ekanligini qayd etdi.
Soʻngra, Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi Faxriylar kengashi va uning aʼzolari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusi rejalari, mavjud muammolarini oʻrganish va bartaraf etish, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar va joylardagi kengashlar faoliyati atroflicha muhokama qilindi.
Yakunda ochiq muloqot asosida faxriylarning murojaat va takliflari tinglandi. Qabul qilingan murojaatlar yuzasidan masʼullarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Ochiq muloqot ruhida oʻtgan uchrashuvda uzoq yillar sohada xizmat qilib, boy amaliy tajriba va malakaga ega ustozlar soʻz olib, ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan yosh xodimlarni vatanparvar, yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, “Ustoz-shogird” anʼanasini yanada jonlantirish borasidagi taklif va mulohazalari bilan oʻrtoqlashdilar.
Uchrashuv soʻnggida faxriylar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish boʻyicha masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati