Qarshi shahrida IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boshligʻi podpolkovnik Hotam Qodirovning sayyor qabuli boʻlib oʻtdi
2024-10-16 10:10:00 / Yangiliklar
Fuqarolarni muammolarini tinglash va masalalarni oʻrganish hamda hal qilish maqsadida Qarshi shahrida ichki ishlar vazirligi jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boshligʻi, podpolkovnik Hotam Qodirovning sayyor qabuli boʻlib oʻtdi.
Sayyor qabulda fuqarolarning ichki ishlar organlarining profilaktika, tergov xizmati xodimlari tomonidan olib borilayotgan surishtiruv va tergov harakatlari hamda boshqa masalalarga oid 32 ta murojaatlari qabul qilindi.
Murojaatlarning 23 tasi joyida hal etildi. Ayrim fuqarolarga muammosi boʻyicha boshqa organga murojaat etishlari yuzasidan tegishli huquqiy tushunchalar berildi. Qolgan 9 ta murojaatlar oʻrganish uchun mablagʻ va vaqt talab etishi tushuntirilib, tegishli mutasaddi idoralarga yuborildi va ijrosi nazoratga olindi.
Koʻlami keng sayyor qabul yakunida fuqarolardan tushgan murojaatlar jamlanib, tahlil etildi va sektorlar rahbarlariga roʻyxatga olingan muammolarni bartaraf etish majburiyati yuklandi.
Sayyor qabul vohaning shahar va tumanlarida davom etmoqda.
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati