Andijon viloyati IIBda ayol xodimalar ishtirokida psixologik-trening oʻtkazildi
2024-10-15 09:00:00 / Yangiliklar
Andijon viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xotin-qizlarning xizmat faoliyati davomida vujudga kelishi mumkin boʻlgan muammoli va nizoli vaziyatlardan chiqishda koʻmaklashish, xizmat yoki oilada yuzaga kelishi mumkin boʻlgan stressli holatlarni oldini olish hamda ishni samarali tashkil qilishdagi koʻnikmalarini yanada oshirishga qaratilgan psixologik trening tashkil etildi.
Psixologik trening davomida ekstremal vaziyatlarda xotin-qizlarning psixologik turgʻunligini taʼminlash, harakatlariga toʻgʻri baho berishni shakllantirish, stressni fiziologik va psixologik taʼsirlarini yengillashtirishga qaratilgan mashgʻulotlar olib borildi.
Bir soʻz bilan aytganda psixologik trening ishtirokchilarda katta taassurot qoldirib, oʻzlari uchun muhim boʻlgan maʼlumotlarga ega boʻldilar.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati