Namangan viloyati IIB boshligʻi polkovnik Shuxrat Aliyev tomonidan xodimlarning tungi faoliyati oʻrganildi
2024-10-11 13:10:00 / Yangiliklar

Viloyat hududida jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, jamoat va yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash borasida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan kunu-tun olib borilayotgan xizmat boshqarma rahbariyati tomonidan muntazam ravishda oʻrganib borilmoqda.
Polkovnik Shuxrat Aliyev boshqarma boshligʻi oʻrinbosarlari va boshqa masʼul rahbarlar bilan birgalikda Pop tumani IIB hamda “Pungon — Namangan” avtomobil yoʻlida tungi xizmat olib borayotgan xodimlarning faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Dastlab, Pop tumani IIB Navbatchilik qismi, soʻrovxona va vaqtincha saqlash hibsxonasi faoliyati koʻrilib, masʼul xodimlarga tungi xizmatga jalb etilgan xodimlarni doimiy nazorat qilib borish, hududdagi kriminogen vaziyatdan xabardor boʻlish, kelib tushayotgan xabar va murojaatlarni zudlikda ijroga qaratish va boshqa masalalar yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi.
Shundan soʻng, “Pungon — Namangan” yoʻlining 14, 20 va 55 km.larida tashkil etilgan “Hushyorlik maskanlari” faoliyati bilan ham tanishilib, yoʻl patrul xizmati xodimlari va haydovchilarga yaratilgan shart-sharoitlar oʻrganildi. Shu bilan birga, maskanda xizmat qilayotgan xodimlarga tungi vaqtda shaxsiy xavfsizlikni taʼminlangan holda yoʻl-transport hodisalarini oldini olish hamda haydovchilarni hushyorligini oshirish yuzasidan aniq topshiriq va koʻrsatmalar berildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati