Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor Bekmurod Abdullayev Mirobod tumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yuzasidan oʻrganish ishlarini olib bordi
2024-10-11 12:30:00 / Yangiliklar

Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, general-mayor Bekmurod Abdullayev Toshkent shahri Mirobod tumanida boʻlib, sektor rahbarlari hamda idoralararo tezkor shtab ishchi guruhi aʼzolari bilan mahallalar kesimida oʻrganish ishlarini olib bordi. Asosiy eʼtibor hududlardagi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik va bu borada amalga oshirilayotgan ishlarga qaratildi.
Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari dastlab tumandagi “Tolariq” va “Inoqobod” mahallasiga borib, aholi turmush-tarzini yaxshilash maqsadida oʻtkazilayotgan yuqori kuchlanishdagi elektr kabellarning montaj ishlari jarayoni bilan tanishdi. Shuningdek, 489-sonli MTT muassasasida boʻlib, u yerdagi isitish tizimi sozligini ham koʻzdan kechirdi.
Saylovga munosib tayyorgarlik koʻrish hamda oʻtkazish maqsadida jamoat tartibini saqlash va aholi xavfsizligini taʼminlash boʻyicha olib borilayotgan ishlar bilan batafsil tanishdi.
Navbatdagi manzil Qoʻyliq 2-dahasidagi “Dobus kommunal” MCHJ boʻldi. General-mayor Bekmurod Abdullayev masʼullarning kommunal xizmatlarni uzluksiz taʼminlash boʻyicha olib borayotgan ishlari yuzasidan axborotlarini tinglab, kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan muammoli holatlarning oldini olish boʻyicha ularga tegishli koʻrsatmalar berdi.
IIV JXD Axborot xizmati