Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida “Respublikada Ichki ishlar xodimlari tomonidan sodir qilingan qonun buzilishi va salbiy holatlar” mavzusiga bagʻishlangan tanqidiy ruhda yigʻilish boʻlib oʻtdi
2024-10-09 15:50:00 / Yangiliklar
Soʻnggi bir necha yilda jamiyatning barcha sohalari qatori ichki ishlar organlari faoliyati samaradorligini oshirish borasida ham muhim islohotlar amalga oshirib kelinmoqda. Tizimda amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlar natijasi xalq manfaatlariga xizmat qiladigan, ularning haq-huquqlari yoʻlida dasturul amal boʻla oladigan tuzilmaga aylanmoqda, desak mubolagʻa boʻlmaydi. Albatta bu yoʻnalishda Ichki ishlar organlari xodimlarining oʻrni alohida ahamiyat kasb etadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov boshqarmasi, vazirlikning ekspert-kriminalistika boʻlimi, Ichki ishlar vazirligining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi va ularning hududiy boʻlinmalari xodimlari oʻrtasida “Respublikada ichki ishlar xodimlari tomonidan sodir etilgan qonun buzilishi va salbiy holatlar” shaxsiy tarkib eʼtiboriga yetkazilib, kelgusida qonuniylikni taʼminlash, ijrochilik va xizmat intizomiga rioya qilishga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Oʻtkazilgan mazkur yigʻilishda, Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti masʼul xodimi podpolkovnik Gʻ.K.Nabiyev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari polkovnik M.T. Raxmatullayev, IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha boshqarmasining boʻlim boshligʻi podpolkovnik S. S. Amanov ishtirok etib yigʻilish ishtirokchilariga mavzu doirasida atroflicha maʼlumotlar berib oʻtildi.
Yigʻilish soʻngida masʼullar tomonidan xodimlarga kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli topshiriq hamda koʻrsatmalar berildi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Axborot xizmati