Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor Bekmurod Abdullayev Bektemir tumanida oʻrganish ishlarini olib bordi
2024-10-06 09:00:00 / Yangiliklar

Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor Bekmurod Abdullayev Bektemir tumanida boʻlib, hududda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Xususan, “Profi” universitetida tashkil etilgan saylov uchastkasiga bordi. Saylovga munosib tayyorgarlik koʻrish hamda oʻtkazish maqsadida jamoat tartibini saqlash va aholi xavfsizligini taʼminlash boʻyicha olib borilayotgan ishlar bilan batafsil tanishdi.
Navbatdagi manzil “Bektemirtumangaz” gaz taʼminoti boʻlimi hamda “Toshissiqsuvquvvati” Bektemir tumani boshqarmasi boʻldi. General mayor Bekmurod Abdullayev aholini kuz-qish mavsumida gaz, issiqlik va ichimlik suvi hamda elektr taʼminot bilan uzluksiz taʼminlash borasidagi ishlarni oʻrganib, masʼullarga tegishli koʻrsatmalarni taʼkidlab oʻtdi.
Tumandagi “Rohat” hamda Zilola” mahallasi ham eʼtibordan chetda qolmadi. Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari ushbu hududlardagi mahalla guzarlari va bolalar maydonchalarini koʻzdan kechirib, koʻchalarda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.
Shuningdek, 69-sonli oilaviy poliklinikaning yangi binosi qurilishi jarayonlarini oʻrganib, belgilangan ishlarni sifatli va oʻz muddatida yakunlash boʻyicha tavsiyalar berdi.
IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Axborot xizmati