Surxondaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi xodimlari tomonidan turfirma va turoperatorlar bilan profilaktik tadbirlar oʻtkazilmoqda
2024-09-26 17:00:00 / Yangiliklar
Surxondaryo viloyati hududida oʻz faoliyatini olib borayotgan turfirma va turoperatorlar bilan ichki turizmni rivojlantirish va sayyohlarga yanada qulayliklar yaratish hamda ularning xavfsizliklarini lozim darajada sifatli taʼminlash maqsadida, viloyat IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi xodimlari tomonidan profilaktik tadbirlar oʻtkazilib kelinmoqda.
Oʻtkazilayotgan uchrashuvlar davomida, hamkorlikda amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berilmoqda.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati