Sirdaryo viloyati IIB boshligʻi oʻrinbosarining navbatdagi fuqarolar bilan sayyor qabuli boʻlib oʻtdi
2024-09-22 10:40:00 / Yangiliklar
Fuqarolar tomonidan kelib tushayotgan murojaatlarni oʻrganish maqsadida Xalq qabulxonasi bilan hamkorlikda doimiy ravishda sayyor qabullar oʻtkazish yoʻlga qoʻyilgan.
Sirdaryo viloyati IIB boshligʻi oʻrinbosari -Tergov boshqarmasi boshligʻi podpolkovnik Shaxboz Nematjonov tomonidan fuqarolarning muammolarini oʻrganish yuzasidan Boyovut tumanida navbatdagi qabul oʻtkazildi.
Unda 9 nafar fuqarolarning murojaatlari atroflicha oʻrganildi va 4 nafar fuqarolik pasportini olish maqsadida murojaat qilib kelgan yoshlarga fuqarolik pasportlari hamda qimmatbaho sovgʻalar topshirildi.
Boshqarma boshligʻi oʻrinbosari har bir murojaatni chuqur tahlil qilgan holda, qonunda belgilangan tartibda hal etish yuzasidan mutasaddi soha rahbarlariga aniq topshiriqlar berdi va ularning ijrosini oʻz nazoratiga oldi.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati