IIV “Xavfsiz shahar” tizimlarini rivojlantirish markazi masʼullari tomonidan Andijon viloyati IIB xodimlariga “Xavfsiz shahar” tizimining yagona apparat-dasturiy platformasi boʻyicha tushunchalar berildi
2024-09-15 11:00:00 / Yangiliklar

IIV “Xavfsiz shahar” tizimlarini rivojlantirish markazi masʼullari tomonidan Andijon viloyati IIB Axborot texnologiyalari va aloqa axborotini himoyalash boʻlimi hamda Vaziyatlar markazi xodimlariga “Xavfsiz shahar” tizimining yagona apparat-dasturiy platformasi boʻyicha tushunchalar berildi.
Andijon viloyati IIB binosida Vaziyatlar markazi va Andijon viloyati IIB Axborot texnologiyalari va aloqa axborotini himoyalash boʻlimi xodimlariga “Xavfsiz shahar” tizimining yagona apparat-dasturiy platformasi bilan ishlash, joylarda oʻrnatilgan videokuzatuv qurilmalarini qoʻshish, ulardan qanday tartibda foydalanish boʻyicha tushuncha va koʻnikmalar berildi.
Shuningdek, viloyatda “Xavfsiz shahar” yagona integratsiyalashgan tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarorga muvofiq, hududlar kesimida manzilli yillik dastur yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Ichki ishlar vazirligining “Xavfsiz shahar” tizimlarini rivojlantirish markazi