Qarshi shahar Ishga marhamat Monomarkazda “Hunar va ilm ayolni ulugʻlaydi” mavzusida tadbir boʻlib oʻtdi
2024-08-31 21:20:00 / Yangiliklar
Qarshi shahar Ishga marhamat Monomarkazda xotin-qizlar oʻrtasida huquqbuzarliklar va jinoyatlarni barvaqt oldini olish, oilalarda maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish,ularning bandligini taʼminlash maqsadida “Hunar va ilm ayolni ulugʻlaydi” mavzusida tadbir boʻlib oʻtdi. Unda viloyat ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati, boshqarma jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi masʼul xodimlari, viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamda “Ayollar daftari” va ichki ishlar organlarida profilaktik hisobda turgan xotin-qizlar ishtirok etishdi.
Tadbirda soʻz olgan viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, jamiyatda xotin-qizlarning faolligini oshirish, gender tenglik va ayollar bandligini taʼminlash, ularni turli tazyiq va zoʻravonliklardan himoya qilish borasida soʻz yuritdi.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan amalga oshirib kelinayotgan profilaktik tadbirlarda asosiy eʼtibor xotin-qizlar oʻrtasida qonunbuzarliklarni barvaqt oldini olish maqsadida shahar-tuman hokimliklari, hududiy profilaktika inspektorlari va mahalla faollari bilan hamkorlikda ishsiz, ijtimoiy himoyaga muhtoj 20 nafar “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga oʻzining bandligini taʼminlash maqsadida subsidiya asosida tikuv mashinkalari, 11 nafar xotin-qizlarga esa monomarkazda kasb-hunarga bepul oʻqishi uchun yoʻllanmalar berildi.
Shuningdek, faoliyati davomida zimmasidagi vazifalarni bekamu koʻst bajarib, jamiyatda ayollarning oʻz oʻrnini topishiga koʻmaklashib fidoyilik namunasini koʻrsatgan 10 nafar mahalla xotin-qizlar faollari viloyat ichki ishlar boshqarmasining Tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.
Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati