Samarqand viloyati IIBda “Eng yaxshi hududiy ichki ishlar organi boshligʻi” koʻrik-tanlovi oʻtkazildi
2024-08-31 16:05:00 / Yangiliklar
![Samarqand viloyati IIBda “Eng yaxshi hududiy ichki ishlar organi boshligʻi” koʻrik-tanlovi oʻtkazildi](/_next/image?url=https%3A%2F%2Fapi-portal.gov.uz%2Fuploads%2F8adb3c56-ae09-067b-1c71-0d4fefca8caf_lists_slider_.jpg&w=3840&q=75)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6196-son Farmoniga muvofiq, Samarqand viloyati IIOda xizmat qilayotgan hududiy ichki ishlar organlari boshliqlarining maʼnaviy-axloqiy saviyasini muntazam ravishda oshirib borish, ularning faoliyatini yanada ragʻbatlantirish, Vatan oldidagi sharafli burchini ado etishdagi xizmatlari uchun munosib taqdirlash, xodimlar orasida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish, oʻz kasbining eng yaxshilarini aniqlash maqsadida “Eng yaxshi ichki ishlar organlari boshligʻi” tanlovning hududiy bosqichi boʻlib oʻtdi.
Tanlovda ishtirok etgan rahbar va xodimlar 4 bosqichda, yaʼni jismoniy tayyorgarlik, jangovar shaylik, ularning bilim darajasini aniqlashga qaratilgan elektron test sinovlari, hamda individual psixologik xususiyatlari darajasini aniqlashga qaratilgan sinovlar asosida oʻzaro bellashishdi.
Tanlov yakuniga koʻra uning gʻoliblari aniqlandi. Unga koʻra 3-oʻrin Kattaqoʻrgʻon tumani IIB boshligʻi A.Ochilovga, 2-oʻrin Jomboy tumani IIB boshligʻi Oʻ.Xoliqovga nasib etgan boʻlsa, tanlov gʻolibligini Kattaqoʻrgʻon shahar IIB boshligʻi Gʻ.Islomov qoʻlga kiritdi.
Endilikda Kattaqoʻrgʻon shahar IIB boshligʻi Gʻ.Islomov tanlovning respublika bosqichida ishtirok etadi.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati