Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor Baxodir Mirzaraximov tomonidan Toshkent shahar IIBB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi xodimlariga manzilli chora-tadbirlar belgilandi
2024-08-30 10:00:00 / Yangiliklar
Vazir oʻrinbosari general-mayor Baxodir Yuldashevich Mirzaraximov tomonidan turizm obyektlarida baxtsiz hodisalar, jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, xususan Toshkent shahrida xizmat olib boruvchi Toshkent shahar IIBB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi xodimlari tomonidan turistik maskanlarda jamoat tartibini saqlash, fuqarolar hushyorligi va ogohligini oshirish, tinchlik, osoyishtalik va barqarorlikni taʼminlash hamda xodimlar oʻrtasida ijro intizomi, qonunchilik talablariga qatʼiy rioya qilishlari, xodimlarning xizmat faoliyati ustidan kunlik nazoratni kuchaytirish, korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha bir qator koʻrsatmalar berildi.
Soʻng, vazir oʻrinbosari general-mayor B.Mirzaraximov tomonidan yaqinlashib kelayotgan Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz uch yilligi munosabati shaxsiy tarkibni tabriklab, jangovar tayyorgarligini oshirish, milliy manfaatlarimizni himoya qilish, qonun ustuvorligi va tinchlikni taʼminlash, xodimlar oʻrtasida psixologik va ruhiy holatlarini sogʻlomlashtirish, sodir etilgan qonun buzilishi, uning kelib chiqish sabablari, bunga imkon bergan shart-sharoitlarni batafsil oʻrganish va ularning oldini olish yuzasidan vazifalar belgilandi.
IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti Axborot guruhi