Qashqadaryo viloyatida otaliqqa biriktirilgan yoshlar bilan ommaviy-madaniy va sport tadbirlari uyushtirildi
2024-08-30 09:00:00 / Yangiliklar
Mustaqillik bayrami arafasida viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi polkovnik Abduvoxid Ismoilov rahbarligida 3-sektorga hududidagi Koson tumanining otaliqqa biriktirilgan yoshlari bilan ommaviy-madaniy va sport tadbirlari uyushtirildi.
Davlatimiz rahbari yoshlarga alohida eʼtibor qaratmoqdalar. Zero, yoshlar mamlakatimiz kelajagi. Prezidentimizning qabul qilgan har bir qaror va farmonlarida bu oʻz aksini topgan.
Joylarda oʻtkazilayotgan har bir tadbirlarda yosh avlodni har tomonlama yetuk va barkamol, intellektual salohiyatli, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga befarq boʻlmagan, yurtning ertangi munosib kelajagiga daxldor, maqsadga intiluvchan, sergʻayrat, vatanparvar, sadoqatli, komil shaxslar sifatida tarbiyalash bosh maqsad boʻlmoqda.
Qashqadaryo viloyatida ham bu borada bir qator ibratli ishlar amalga oshirilmoqda. Ana shunday tadbirlarning uzviy davomi sifatida mustaqillik bayrami arafasida viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi polkovnik Abduvoxid Ismoilov rahbarligida 3 sektorga hududidagi Koson tumanining otaliqqa biriktirilgan yoshlari bilan ommaviy-madaniy va sport tadbirlari uyushtirildi.
Sogʻ tanda-sogʻlom aql deganlaridek, tadbir erta tongda tuman markaziy koʻchasida kosonlik otaliqqa olingan uyushmagan yoshlarning besh kilometrga ommaviy yugurish marafoni bilan boshlandi,marafon ishtirokchilari gʻoliblik uchun bor kuch mahoratlarini ishga solib finish sari yugurdilar.
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati